Moody’s Infinbank’ning kredit reytingini B1 darajasiga ko'tardi

Moody’s Infinbank’ning kredit reytingini B1 darajasiga ko'tardi

Moody’s Infinbank’ning kredit reytingini B1 darajasiga ko'tardi

Moody’s Ratings reyting agentligi InFinBank’ning milliy va xorijiy valyutadagi kredit reytingini B2 darajasidan B1 darajasiga ko'tardi va ushbu pozitsiyalar bo'yicha prognozni barqarorlashtirdi.

Moody’s kredit reytinglarini belgilovchi hamda tadqiqotlar va risk tahlillarini oʻtkazuvchi xalqaro reyting agentligi hisoblanadi. Tashkilot xalqaro reyting agentliklarining "katta uchligi" qatoriga kiritilgan.

Moody’s bankning barqaror tarixi, moliyaviy ko'rsatkichlari yaxshi ekanligi – aktivlar va rentabellikning yuqori sifati, shuningdek barqaror moliyalashtirish profili ham uning B1 darajasiga koʻtarilishiga asos boʻlganligini ta’kidladi.

Bu kabi reytinglar investitsiya qarorlarini qabul qilishda moliyaviy barqarorlik va risklar darajasini toʻgʻri baholashga yordam beradi. Agentlikning hisobotlarini koʻrib chiqqan mijoz bankning kreditga layoqatliligi to’g’risida obyektiv va salmoqli qarorni qabul qilishi mumkin.

InFinBank’ning O’zbekiston moliya bozoridagi mavqesi mustahkamlanishi uning bir maromda rivojlanishini ham ta’minlaydi. Yangi maqom mahalliy va xalqaro banklar bilan munosabatlarga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.

InFinBank mijozlarga sifatli va ishonchli moliyaviy mahsulotlarni taqdim etishga intilar ekan, ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirishda davom etadi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.