Infin Ishonchli va Infin Nastarin omonatlari shartlari oʻzgarganligi haqida e’lon

Infin Ishonchli va Infin Nastarin omonatlari shartlari oʻzgarganligi haqida e’lon

Infin Ishonchli va Infin Nastarin omonatlari shartlari oʻzgarganligi haqida e’lon

Yangi oʻzgarishlar ikkita omonat turiga – “Infin Ishonchli” valyuta omonati va “Infin Nastarin” so'mdagi omonatiga taalluqli. Bank omonat muddatini va qo'shimcha mablag'larni kiritish shartlarini o'zgartirdi. Yangi shartlar 10 kun ichida kuchga kiradi. 

Omonatlar muddatini oshirilishi mijozlarga mablag'larni ko'paytirish va yig'ish uchun ko'proq vaqt taqdim qiladi. Bu mijoz yoki uning oilasiga moliyaviy xavfsizlikni yaratish imkonini beradi hamda yanada barqaror va ishonchli passiv daromad manbai bo'lib xizmat qiladi. 

Infin Ishonchli valyuta omonati: 

  • Omonat muddati – 24 oy (ilgari 18 oy edi)

  • Minimal depozit miqdori – 1 000,0 AQSh dollari

  • Foiz stavkasi – 6,5%

  • Qo'shimcha pul kiritish imkoniyati – dastlabki 12 oy uchun taqdim etiladi (ilgari bu dastlabki 6 oy ichida edi)

  • Erta yopish – imkoniyati bor

  • Qisman hisobdan chiqarish – imkoniyati bor

Infin Nastarin so'mdagi omonat: 

  • Omonat muddati – 24 oy (ilgari 18 oy edi)

  • Minimal depozit miqdori – 1 000 000 so'm

  • Foiz stavkasi – 22%

  • Qo'shimcha pul kiritish imkoniyati – dastlabki 12 oy uchun taqdim etiladi (ilgari bu omonat muddati tugaguncha edi)

  • Erta yopish – imkoniyati bor

  • Qisman hisobdan chiqarish – imkoniyati bor 

Omonatni InfinBANK mobil ilovasida yoki bankning istalgan filialida ochish mumkin. InfinBANKning barcha omonatlari Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan himoyalangan. 

Infin Nastarin va Infin Ishonchli omonatlariga kiritilgan o'zgarishlar uzoq muddatli rejalar va investitsiya kiritmoqchi bo'lganlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Biz moliyaviy mahsulotlarni yaxshilash va sifatli xizmatlarni taqdim etishda davom etamiz.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.