ARCA group bilan integratsiya: barcha kartalar uchun bitta terminal

ARCA group bilan integratsiya: barcha kartalar uchun bitta terminal

ARCA group bilan integratsiya: barcha kartalar uchun bitta terminal

Endi InfinBANK korporativ mijozlari barcha turdagi kartalarni – Humo, Uzcard, Visa, Mastercard, Unionpay, shuningdek, QR orqali to'lovlarni qabul qiluvchi bitta onlayn kassadan foydalanishlari mumkin. To'lovdan so'ng, fiskal chek avtomatik ravishda oq rangli terminal orqali chiqadi.

Shu vaqtgacha yuridik shaxslar ikkita terminal va bitta kassa – Uzcard, Humo uchun terminal va fiskal cheklarni berish uchun uchinchi kassa apparatini ham sotib olishlari va ulardan birdaniga foydalanishlari kerak bo'lardi. Endi bitta qurilma kifoya qiladi.

Bunday terminal tezda to'lovni qabul qiladi va mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonini tezlashtiradi. Hisob-kitob paytida endi mijozga qarata: "Kartangiz qanaqa? Qaysi terminalga to'g'ri keladi?" deya savol berishingiz shart emas.

Arca group terminaliga ega bo'lganlar esa shunchaki dasturiy ta'minotni "ERA"ga  yangilashlari kerak bo'ladi, shundan so'ng avtomatik tarzda Humo kartalari bilan ham to'lovlarni qabul qilishlari mumkin bo'ladi.

HUMO tizimini terminalga ulash uchun ushbu havolani bosing.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.