Savol-javob

Savol-javob

Rezident–jismoniy shaxslarga tijorat banklar tomonidan chet el valyutasini xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish banklarning konversion operatsiyalar bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda, rezident–jismoniy shaxs chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat bankining konversion operatsiyalar bo‘limiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet) mijozning nomiga ochilgan xalqaro to‘lov kartasi hamda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun milliy valyutada bank hisob-raqamida yetarli miqdorda pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan shaxsiy bank kartasini taqdim etganda amalga oshiriladi.

Rezident-jismoniy shaxslarning shaxsiy kartasida yetarli miqdorda milliy valyutadagi mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, shaxsiy karta emitent bankning istalgan filialida naqd milliy valyutani bank kassasiga topshirish orqali to‘ldirilishi mumkin.

Shaxsiy kartada milliy valyutadagi mablag‘ yetarli bo‘lganda, rezident-jismoniy shaxs tomonidan bankka chet el valyutasini sotib olish uchun ariza orqali murojaat etiladi.

Milliy valyutadagi mablag‘ tijorat bankning operatsiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi bo‘yicha to‘lov terminali orqali yechib olinadi va rezident-jismoniy shaxsning xalqaro to‘lov kartasiga o‘tkazib beriladi.

Bank va rezident-jismoniy shaxs o‘rtasidagi munosabatlar chet el valyutasida bank hisobvaraqlarini ochish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma talablari asosida tartibga solinib, mazkur shartnomada xalqaro to‘lov kartasidan foydalanish qoidalari ko‘rsatiladi.

Internet «do‘konlar»da tovarlarni xarid qilishda onlayn to‘lovlarni xalqaro to‘lov kartalaridan (masalan, VISA, MasterCard va boshqalar) foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Mazkur kartalar respublikamizning banklari tomonidan muomalaga chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo‘lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘z navbatida, valyuta bozoridagi talab va taklif darajasi hamda alamashuv kursining o‘zgarishi mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat, xususan to‘lov balansi, shu jumladan, tashqi savdo balansining holati kabi omillar ta'sirida shakllanib boradi.

Xorijiy valyutalarni so‘mga nisbatan kursi to‘g‘risidagi ma'lumotlar Markaziy bankning rasmiy saytida (www.cbu.uz) joylashtirilib boriladi. Mazkur ma'lumotlarni elektron shaklda (Excel faylida) olish mumkin. Markaziy bankning saytidan olingan xorijiy valyutalarning kursi to‘g‘risidagi ma'lumotlar rasmiy hisoblanadi va so‘rovchi tomonidan mazkur saytdagi ma'lumotlar qayta tekshirilib olinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunining 18-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.

Shu bilan bir qatorda, mazkur Qonunga binoan respublika hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklar orqali amalga oshiriladi. Banklardan tashqari valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda sotib olish yoki sotish O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ta'kidlash joizki, mazkur qonun hujjatlarini buzgan aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli choralar ko‘rib boriladi.

Bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoniga asosan valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish masalasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Buning uchun mijozning (yuridik shaxsning) Bank raxbariyati nomiga maxsus xati taqdim etilib, xatning nusxasi info@infinbank.com elektron pochtasiga yuborishligi shart. Xatning mazmuni quydagicha bo‘lishi kerak: korxonaning to‘liq nomi va SMS-xabarlarini jo‘natish uchun kerak bo‘lgan butunjaxon formatidagi telefon raqami (+998-XX) XXX-YY-ZZ.


Hammasi yuklandi
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.