Endi KIA avtomobillarini InfinBANK tomonidan taqdim etiladigan avtokredit bilan sotib olish mumkin

Endi KIA avtomobillarini InfinBANK tomonidan taqdim etiladigan avtokredit bilan sotib olish mumkin

Endi KIA avtomobillarini InfinBANK tomonidan taqdim etiladigan avtokredit bilan sotib olish mumkin

Avtomobil qidirayotganda haydovchilar turli detallarga, masalan qulay salon, butlovchi qismlar toʻplami va tashqi dizaynga eʼtibor berishadi. Bu va boshqa xususiyatlar KIA avtomobilida mukammal tarzda birlashgan. Bonusiga – InfinBANKdan kredit boʻyicha foydali taklif.

Bu mashina sotib olish uchun qoʻlida yetarlicha mablagʻi boʻlmagan, ammo toʻliq mablagʻni bugunoq topishi kerak boʻlganlar uchun ayni muddao. Avtomobil – bu juda zarur dastyor, ayniqsa olis safarlar yoki katta oila bilan biror joyga borish haqida gap ketganda, uning oʻrnini hech narsa bosa olmaydi.

KIA avtomobillari oʻzining koʻp turdagi modellariga egaligi bilan ajralib turadi va ular orasidan har kim oʻziga ayni keragini topa oladi. InfinBANK isteʼmolchilarga qulay shart-sharoit yaratib, ularga orzularini tezroq ushalishiga yordam beradi. Siz ham yangi KIA avtomashinasining egasiga aylanish va avtomobilda sayohat qilish zavqini his qilish uchun uzoq kutishingizga hojat yoʻq.

InfinBANK avtokreditni juda qisqa vaqt ichida rasmiylashtiradi. Agar bu borada biror savol tugʻilsa, bankimiz xodimlari sizga yordam berishga tayyor. Biz isteʼmolchilarga barcha KIA modellari uchun foydali kredit shartlarini taklif etamiz. Soul va Carnival modellari bundan mustasno.

Kredit shartlari:

– stavka 22,5%;

– kredit muddati – 36 oygacha;

– birlamchi toʻlov – avtomobil narxidan 25%.

Avtomokredit olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

– mijozning pasporti;

– avtomobilni sotish va sotib olish shartnomasi;

– daromadlar haqida maʼlumotnoma (agar boʻlmasa, bankda soʻrovnomadan oʻtish ham mumkin).

Avtokreditni InfinBANKʼning poytaxt va respublika hududlaridagi 16 ta filialining istalganida olishingiz mumkin.

InfinBANK mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati: +(998 71) 202 50 60

Kia maʼlumot liniyasi: +998 71 215-70-07

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.