“Invest Finance Bank” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari diqqatiga! (20.03.2024)

“Invest Finance Bank” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari diqqatiga! (20.03.2024)

“Invest Finance Bank” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari diqqatiga! (20.03.2024)

“InFinBank” AJ aksiyadorlari DIQQATIGA!
HURMATLI AKSIYADORLAR!

“Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Bank) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2024 yil 15 aprel kuni, Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Bank Bosh ofisi binosida bo‘lib o‘tadi.

Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish aksiyadorlarning yoki ular vakillarining bevosita ishtirokida Bank kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan byulletenlar orqali ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ruyxatga olish soat 14:30 dan boshlanadi. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Bank aksiyadorlari reestri 2024 yil 09 aprel holatiga tuziladi.

Jamiyatning elektron pochtasi va veb sayti manzili: info@infinbank.com, www.infinbank.com. 

KUN TARTIBI: 

  1. Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;

  2. Bank Kengashi a'zosining vakolatini muddatidan ilgari tugatish;

  3. Bank Kengashi tarkibiga saylov o‘tkazish;

  4. Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;

  5. Bankning ichki nizomlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. 

  • Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 

  • Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot va unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Bankning Bosh ofisi binosidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘limiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin. 

Kuzatuv kengashi

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.