Depozit yacheykalar

Depozit yacheykalar

Depozit yacheykalar

Kvartira sotib olmoqchisiz va bunga atalgan yirik miqdordagi pullaringizni saqlash uchun xavfsiz joy kerakmi?

Ta'tilga chiqib, sayohat qilmoqchisiz va uyda hujjat va pullaringizni qoldirishdan xavotirlanayapsizmi?

Siz uchun eng qimmatli narsalaringizning saqlanishi va ular xaqidagi ma'lumotlarning sir tutilishiga ishonch hosil qilish muhimmi?  

«InFinBank» sizga qimmatbaho bisotingiz saqlanishi uchun qulay, ishonchli va xavfsiz joy hisoblangan individual depozit yacheykalarini taklif qiladi!

  • Bank depozit yacheykalarida qimmatbaho buyumlaringizning saqlanishi bu – uyda, xonadonda, ishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hodisalardan (yong‘in, toshqin, o‘g‘rilik va boshqalardan) saqlanish demakdir.
  • Depozit yacheykalarga qimmatbaho buyumlarni joylash vaqtida siz yolg‘iz o‘zingiz bo‘lasiz – bu o‘z o‘rnida ma'lumotlarning to‘liq sir tutilishini kafolatlaydi.
  • O‘zingizga mos bo‘lgan hajmdagi depozit yacheykalarini tanlash imkoniyati.
  • O‘z vakilingizga ishonchnoma rasmiylashtirishingiz imkoniyati.
  • Depozit yacheykalaridan foydalanganlik uchun hamyonbop narxlar.

Depozit yacheykalarida quyidagi qimmatbaho buyumlarni saqlashingiz mumkin:

  • hujjatlar (masalan: shaxsiy, mulkiy, ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlar, ish qog‘ozlari va boshqalar);
  • pul mablag‘lari;
  • qimmatli qog‘ozlar;
  • qimmatbaho buyumlar;
  • boshqa ko‘plab narsalar.

Depozit yacheykalarini «InFinBank» AJning quyidagi manzilda joylashgan Bosh ofisida ijaraga olishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy. (mo‘ljal: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki).


×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.