“Invest Finance Bank” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari diqqatiga! (19.03.2025)
“InFinBank” AJ aksiyadorlari DIQQATIGA!
HURMATLI AKSIYADORLAR!
“Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Bank) aksiyadorlarining 2025 yil 06 mart sanasiga belgilagan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kvorumga ega bo‘lmaganligi sababli takroriy umumiy yig‘ilish 2025 yil 10 aprel' kuni, Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Bank Bosh ofisi binosida bo‘lib o‘tadi.
Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish aksiyadorlarning yoki ular vakillarining bevosita ishtirokida Bank kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan byulletenlar orqali ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:30 dan boshlanadi. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Aksiyadorlarga xabar berish reestri 2025 yil 19 mart sanasiga va Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri 2025 yil 04 aprel' holatiga tuziladi.
Jamiyatning elektron pochtasi va veb sayti manzili: info@infinbank.com, www.infinbank.com.
KUN TARTIBI:
-
Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
-
«Invest Finance Bank» aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv Kengashi a'zosining vakolatini muddatidan ilgari tugatish;
-
«Invest Finance Bank» aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashi tarkibiga saylov o‘tkazish;
-
«Invest Finance Bank» aksiyadorlik jamiyatining Ichki Nizomlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va yangi taxrirda tasdiqlash.
-
Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
-
Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot va unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Bankning Bosh ofisi binosidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘limiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin.
Kuzatuv kengashi
