“Invest Finance Bank” AJ aksiyalariga ochiq obuna o'tqazish to'g'risida e'lon!

“Invest Finance Bank” AJ aksiyalariga ochiq obuna o'tqazish to'g'risida e'lon!

“Invest Finance Bank” AJ aksiyalariga ochiq obuna o'tqazish to'g'risida e'lon!

HURMATLI INVESTORLAR (JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR)! 

“Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 2025 yil 08 maydagi qaroriga muvofiq qо‘shimcha aksiyalar chiqarilishi tо‘g‘risida qaror qabul qilingan.

“Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyatining qо‘shimcha aksiyalar chiqarilishi tо‘g‘risidagi qarori hamda emissiyasi risolasi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2025 yil 11 iyun kuni R0820-16-son bilan davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.

Mazkur qarorga muvofiq “Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati tomonidan nominal qiymati 1 000 sо‘m bо‘lgan 240 000 000 (ikki yuz qiriq million) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar va 300 000 000 (uch yuz million) dona egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalar ochiq obuna yо‘li orqali soni cheklanmagan investorlar orasida joylashtirilishi belgilangan.

Imtiyozli hamda oddiy aksiyalar 1 000 so‘m bahodan joylashtiriladi.

Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarga obuna uchun arizalar e’lon chiqarilgan kundan boshlab 15 (o’n besh) kun davomida qabul qilinadi.

Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar “Toshkent” Respublika fond birjasida birja qoidalariga asosan bitimlar tuzish yо‘li bilan joylashtiriladi.

Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarga bо‘lgan huquqni hisobga olish investitsiya vositachisi «KAPITAL – DEPOZIT» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. Pochta manzili: 100052, Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, 25-uy.
Tel.: 71 286-20-31

Qо‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan “Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyatiga murojaat etishingiz mumkin. “Qо‘shimcha aksiyalar chiqarilishi tо‘g‘risidagi qaror” va Emissiya risolasining asli bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilda tanishish mumkin. 

Hurmat bilan, “Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.