“Invest Finance Bank” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari diqqatiga! (18.05.2026)
«InFinBank» AJ aksiyadorlari DIQQATIGA!
HURMATLI AKSIYADORLAR!
«InFinBank» AJ (keyingi o'rinlarda – Bank) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2026-yil 09-iyun kuni, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasi, 17-b uy manzilida joylashgan Bank Bosh ofisi binosida bo'lib o'tadi.
Navbatdan tashqari umumiy yig'ilish aksiyadorlarning yoki ular vakillarining bevosita ishtirokida Bank kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan byulletenlar orqali ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:30 dan boshlanadi. Navbatdan tashqari umumiy yig'ilish o'tkazish uchun Aksiyadorlarga xabar berish reyestri 2026-yil 18-may sanasiga va Umumiy yig'ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar reyestri 2026-yil 03-iyun holatiga tuziladi.
Bankning elektron pochtasi va veb-sayti manzili: info@infinbank.com; infinbank.com.
KUN TARTIBI:
1. Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig'ilishining reglamentini tasdiqlash;
2. «InFinBank» AJning e'lon qilingan aksiyalarining eng ko'p miqdorini belgilash;
3. «InFinBank» AJning Ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.
Ø Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig'ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Ø Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish bo'yicha qo'shimcha axborot va unda ko'riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik Shoh ko'chasi 17-B uy manzilida joylashgan Bankning bosh ofisi binosiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin.
«InFinBank» AJ Kuzatuv kengashi
