“Invest Finance Bank” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari diqqatiga! (06.11.2026)
“InFinBank” AJ aksiyadorlari DIQQATIGA!
HURMATLI AKSIYADORLAR!
«InFinBank» AJ (keyingi o'rinlarda – Bank) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2026 yil 30-noyabr kuni, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 17-b uy manzilida joylashgan Bank Bosh ofisi binosida bo‘lib o‘tadi.
Navbatdan tashqari umumiy yig'ilish aksiyadorlarning yoki ular vakillarining bevosita ishtirokida Bank kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan byulletenlar orqali ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:30 dan boshlanadi. Navbatdan tashqari umumiy yig'ilish yig‘ilish o‘tkazish uchun aksiyadorlarga xabar berish reestri 2026 yil 6-noyabr sanasiga va umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri 2026 yil 24-noyabr holatiga tuziladi.
Jamiyatning elektron pochtasi va veb-sayti manzili: info@infinbank.com, www.infinbank.com.
KUN TARTIBI:
-
Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
-
Bankning xayriya faoliyati masalasini muhokama qilish.
-
Bankning ichki qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirishlarni ko’rib chiqish hamda yangi tahrirda tasdiqlash;
-
Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilish yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilish yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot va unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 17-b uy manzilida joylashgan Bankning Bosh ofisi binosidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘limiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin.
Kuzatuv kengashi
