Plastik kartalar xavfsizligi

Plastik kartalar xavfsizligi

Plastik kartalar xavfsizligi

Xavfsizlik turli xil bo‘ladi.
Kartalaringizning xavfsizligi haqida gaplashamiz

Afsuski, «karta» firibgarlari bilan bog‘liq noxush holatlar tobora ko‘payib bormoqda. Biroq, o‘zingizni va moliyaviy ahvolingizni himoya qilish sizning qo‘lingizda.
  • Hech qachon kodlar, parollar va kartaning to‘liq ma’lumotlarini hech kim bilan bo‘lishmang.
  • Bank xodimlari hech qachon kartaning kodini, PIN-kodni, shuningdek, bank tomonidan SMS orqali yuborilgan kodlarni so‘ramaydi.
  • Tranzaksiyalar haqidagi SMS-xabarlarni yoki push-bildirishnomalarni ulang. Siz kartadagi barcha to‘lovlardan xabardor bo‘lasiz va qandaydir noxush vaziyat ro‘y bersa, siz kartani tezda bloklashingiz mumkin.
  • Noma’lum raqamlardan sizga yuborilgan havolalar orqali o‘tmang.
  • Tovarlar/xizmatlar uchun to‘lovlarni kartangizdan boshqalarning gadjetlari orqali amalga oshirmang.
  • Karta ma’lumotlarini faqat ishonchli kompaniyalarning xavfsiz saytlariga kiriting.
  • Kartalaringiz uchun PIN-kod sifatida murakkab kombinatsiyalardan foydalaning.
Ehtiyot bo‘ling va o‘zingiz hamda moliyangizni asrang.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.