Pulni saqlash: firibgarlarni qanday aniqlash mumkin
Biz pulingizni xavfsiz va ishonchli saqlash uchun barcha ishlarni bajaramizXo‘sh, halol ishlagan pulingizni qanday tejash va yovuz niyatli kimsalarni tanib olish bo‘yicha bir nechta maslahatlar.
- Agar ular sizga «go‘yoki bankdan» deb qo‘ng‘iroq qilishsa va kartadagi kodni, PIN kodni, uning amal qilish muddatini va CVV kodini so‘rashsa, telefonni o‘chiring: bank xodimlari bunday savollar bilan QO‘NG‘IROQ QILMAYDILAR.
- Pulingizni asrab qolishni istaysizmi? Kodlaringiz, parollaringiz va kartaning to‘liq ma’lumotlarini oshkor qilmang.
- Sizga notanish bo‘lgan shubhali havolalar orqali o‘tmang va kartangiz ma’lumotlarini kiritmang.
- Agar kartangizni yo‘qotib qo‘ysangiz, uni bankning mobil ilovasi orqali bloklang yoki aloqa markaziga murojaat qiling.
- Kartalaringiz uchun PIN kod sifatida oson kombinatsiyalardan foydalanmang (0000, 1111, 2222 va boshqalar).
