Xorijda bankomat VISA kartasini yutib yubordi: Nima qilish kerak?
Siz chet eldasiz va bankomat VISA kartangizni "chaynadi".Nima qilish kerak?
Vahimaga yo‘l qo‘ymang!
Birinchidan, agar siz ehtiyotkorlik bilan harakat qilsangiz, mablag‘ingizga hech nima bo‘lmaydi, chunki pul bank hisobida joylashgan bo‘ladi.
Ikkinchidan, quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish:
- Bir necha daqiqa kuting. Ayrim hollarda bankomat operatsiyani bekor qiladi va kartani egasiga qaytaradi.
- Kartangizni "chaynagan" bankomat tegishli bo‘lgan bank bilan bog‘laning (telefon raqami bankomatning o‘zida ko‘rsatilgan) va xodimlarga vaziyatni tushuntiring. Bankomatga eng yaqin filialga hujjatlar (chet el pasporti) taqdim etilganda kartangiz qaytariladi.
- Agar kartani ololmasangiz, bankingizga murojaat qiling (mobil ilova aloqa markaziga ulangan) va kartani vaqtincha blokirovka qiling.
- Uyga qaytgach, VISA kartangizni qayta rasmiylashtiring. U hisobga biriktirilgan, shuning uchun mablag‘lar qaytib kelishingizga qadar bankda qoladi.
