Bankomat kartani qaytarmadi: nima qilish kerak?
Bu holat har kim bilan ro‘y berishi mumkin:bankomat kartani qaytarib bermayapti!
Nima qilish mumkin?! Chuqur nafas olamiz va chiqaramiz.
Bunday vaziyatda nima qilish mumkinligi haqida o‘qiymiz.
- Bankomatda doim bankning aloqa markazi raqami ko‘rsatiladi. Uni topamiz.
- Bank xodimiga qo‘ng‘iroq qilib, kartani chaynab yuborgan bankomat manzilini aytamiz.
- Bank xodimi sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz (to‘liq FISH, karta ma'lumotlari, bankomat ID)ni so‘raydi — aytamiz.
- 24 soat ichida karta chiqarib olinadi va uni bank filiali yoki bankomat oʻrnatilgan joydan olishingiz mumkin.