Yosh moliyachilarni tarbiyalaymiz: bolaga moliyaviy savodxonlikni qanday o'rgatish kerak
InfinBANK jamoasi «SEHRIYO» maktabining o‘quvchilarini moliyaviy olamga sayohatni tashkillashtirdi va bolalarga bank aslida ish faoliyatini qanday olib borishini ko‘rsatdi.
Bolalarning qiziqish darajasi hayratga soladi — bu shunchaki o‘yinchoq yoki jiddiyroq narsa bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etmaydi.
Demak, o‘quvchilar (115 nafar odam) nafaqat bank faoliyati bilan tanishdilar, balki bank ishining jarayoniga ham sho‘ng‘idilar. Bolalarning bir qismi kredit rasmiylashtirdi, boshqalari esa omonat ochdilar. Xodimlar topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajardilar va sinfdosh-mijozlari bilan malakali muloqot qilishni o‘rgandilar.
InfinBANK jamoasi «bank-mijoz» munosabatlarini amalga oshirish g‘oyasini yetkazishga harakat qildi. Kelajakni shakllantirishda ta'lim asosiy rol o‘ynaydi. Shu bois bank bir necha yildan buyon maktab o‘quvchilari uchun murakkab moliya olami haqida sodda tilda so‘zlab beradigan ma’rifiy tadbirlarni tashkil etib kelmoqda. Shuningdek, bunday tadbirlar moliyaviy savodxonlikning muhim mahoratini rivojlantiradi, bu esa moliya bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatishga har kuni yordam beradi.