Ehtiyot bo'ling: shubhali havolalarni bosmang
«Siz pul mukofotining egasiga aylandingiz! Mukofotni havola orqali o'tib, olishingiz mumkin. Sizning InfinBANKingiz»,«Sizga — pul o‘tkazmasi. Havola orqali o‘ting»
— bu va boshqa SMS-xabarlar katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Ogoh bo‘ling! Bu — firibgarlar!
Xabarlarda kelgan shubhali havolalarni bosmang. Bank bunday xabarlarni tarqatish bilan shug‘ullanmaydi!
- Shubhali saytlarda o‘z shaxsiy ma'lumotlaringiz (CVV kodi, karta raqami va boshqalar)ni kiritmang.
- Kartalaringizning maʼlumotlarini uchinchi shaxslar bilan bo‘lishmang.
- SMSlardagi tekshirilmagan havolalar orqali o‘tmang.