Plastik kartalar xavfsizligi: moliyangizni qanday himoya qilasiz?
Agar pul kartada bo‘lsa, ularni yo‘qotish mumkinmi?Agarda ayrim qoidalarga rioya qilinmasa, mumkin
- Uchinchi shaxslarga kodlar, parollar va kartaning to‘liq maʼlumotlarini oshkor qilmang.
- Sizga bank «Xodimi» qo‘ng‘iroq qilib, kartangizning kodi, PIN-kod, shuningdek, bank tomonidan yuborilgan SMS dan kodlarni so‘rasa, ishonmang.
- Tranzaksiyalar haqidagi SMS-xabarlar yoki push-xabarnomalardan foydalaning. Biror holat ro‘y bersa, karta bank ilovasida tezda bloklanishi mumkin.
- Sizga notanish raqamlardan yuborilgan havolalar orqali o‘tmang.
- O‘z kartangiz bilan tovarlar/xizmatlar uchun to‘lovlarni begona moslamalar orqali to‘lamang.
- Karta ma’lumotlarini faqat ishonchli saytlarda kiriting.
- Kartalaringiz uchun PIN-kod sifatida murakkab kombinatsiyalardan foydalaning.