InfinBANK va NRG arzon uy-joylarni rivojlantirish bo‘yicha kuchlarni birlashtiradi
19-noyabr kuni InfinBANK hamda NRG Uzbekistan qurilish kompaniyasi o‘rtasida rasman hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida aholi uchun uy-joy sotib olishni yanada qulayroq qiladigan “Yengil Ipoteka” unikal ipoteka dasturi ishga tushirilmoqda.
Qurilish sohasi gigantlari – BI-group va Murat Buildings’ning sho‘ba korxonasi hisoblangan NRG allaqachon 6dan ortiq tugallangan loyihalarni amalga oshirgan, yana 13tasi qurilish jarayonida. Kompaniyaning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri – NRG Oybek ko‘chmas mulk bozorida eng yaxshilaridan biri sifatida tan olingan.
Yangi ipoteka dasturi daromadi tasdiqlangan mijozlar uchun 15%, daromadi tasdiqlanmagan mijozlar uchun esa 25% miqdoridagi boshlang‘ich to‘lovni taklif etadi. Foiz stavkalari yillik 6%dan boshlanadi va kredit muddati esa 24 oydan 36 oygacha farqlanadi.
“Yengil Ipoteka” dasturi NRG Jomiy, NRG Maftun Makon, NRG Zamon, NRG Yangi Baxt, NRG Yunusobod va NRG Meros turar-joy majmualari uchun amal qiladi. Ishlab chiquvchilarning barcha loyihalari qurilish sifatining yuqoriligi, zamonaviy planirovkalar va puxta o‘ylangan infrastrukturasi bilan ajralib turadi.
Kredit dasturi shartlari haqida batafsil ma’lumotni InfinBANK filiallari yoki NRG savdo ofislaridan olishingiz mumkin.
Call-center NRG Uzbekistan: 1060
Call-center InfinBANK: 1214