Infinbank jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan futbol turinida ishtirok etdi.

Infinbank jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan futbol turinida ishtirok etdi.

Infinbank jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan futbol turinida ishtirok etdi.

Turnir sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, futbolni ommalashtirish va tashkilotlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida BMB Trade Group kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

Bankimizning futbol boʻyicha terma jamoasi oʻzining birinchi uchrashuvini 15-sentyabr kuni Asklepiy kompaniyasi jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobi bilan yakunlandi va musobaqa olimpiya tizimi boʻyicha oʻtkazilgani bois, oʻyin penaltilar seriyasi bilan davom ettirildi va natijada InfinBANK jamoasi 4:3 hisobi bilan gʻalaba qozondi. InfinBANK uchun maydonda navbatdagi raqib Beeline mobil operatori jamoasi boʻldi. Oʻyin 4:0 hisobida bizning foydamizga yakunlandi. 1/4 finalgacha yetib kelgan bankimiz terma jamoasi UZTELECOM jamoasiga gʻalabani boy berdi.


Umumiy jamoaviy hisobda InfinBANK futbol terma jamoasi 5-oʻrinni egalladi va “Eng intizomli jamoa” nominatsiyasidagi sovrinni qoʻlga kiritdi.

Kubok uchun kechgan oʻyinlarda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan banklar, vazirliklar va davlat idoralari, shuningdek boshqa yirik kompaniyalardan jami 32 ta jamoa ishtirok etdi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.