ITFC bilan kelishuv

ITFC bilan kelishuv

ITFC bilan kelishuv

2021 yilning 13 dekabr kuni Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki va Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi (ITFC) oʻrtasida savdoni moliyalashtirish boʻyicha 15 million AQSh dollarlik shartnoma imzolandi.

ITFC dan jalb qilingan savdoni moliyalashtirish liniyasi Oʻzbekiston Respublikasidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari, shuningdek, davlat korxonalarini aylanma mablagʻlarni toʻldirish hamda xom ashyo yetkazib berish maqsadlari uchun islom moliyasi tamoyillari asosida qisqa muddatli moliyalashtirishga qaratilgan. Savdoni moliyalashtirishning mazkur yoʻnalishi taklif etilayotgan bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, shuningdek, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun: Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot banki guruhiga kiradi. Tashkilot aʼzo davlatlar oʻrtasida islomiy moliya, savdo va transportni soddalashtirish sohasida bilim almashinuvi va hamkorlikni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Shu maqsadda Islom savdo va moliya korporatsiyasi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda seminarlar, amaliy mashgʻulotlar va oʻquv dasturlarini oʻtkazmoqda.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.