InfinBank ijtimoiy mas’uliyatli bizneslar TOP-7taligiga kirdi

InfinBank ijtimoiy mas’uliyatli bizneslar TOP-7taligiga kirdi

InfinBank ijtimoiy mas’uliyatli bizneslar TOP-7taligiga kirdi

Londonda boʻlib oʻtgan “Oʻzbekistonlik” xalqaro forumida Uzbekistan’s Club jamoasi tarkibida InfinBank ham boʻlgan ijtimoiy mas’uliyatli bizneslar TOP-7taligini taqdim etdi.

Uzbekistan’s Club – bu butun dunyo boʻylab muvaffaqiyatli oʻzbekistonliklarni birlashtirish, shuningdek, o‘zbekistonliklar imijini targʻib qilish maqsadida yaratilgan global platformadir. Londondagi tadbirda ijodiy jamoa vatandoshlarimiz hikoyalarini aytib berish va yangi tendensiyalarni yaratishga yordam beradigan jurnalning ilk sonini taqdimot qildi.

Jurnalning birinchi sonida muharrirlar ESG (Environmental, Social, Governance) madaniyatini rivojlantirish va yirik bizneslarning ijtimoiy mas’uliyatiga e’tibor qaratishgan. ESG g‘oyalari xayriya emas, balki tadbirkorlar va ishbilarmonlarning mas’uliyati haqida.

Milliy TOP-7likka InfinBank’ning “Matonat Futbol” loyihasi kirdi. Bank nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markaziga, oyoq-qo‘llarining amputatsiyasidan so‘ng yoki tug‘ma patologiya tufayli nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatdi.

2022-yilda InfinBank “Matonat. Mashaqqatli g‘alaba” filmi yaratilishi tashabbuskori va homiysiga aylandi. Bu bizning yurtdoshlarimiz – nogiron-amputantlar o‘rtasidagi dunyodagi eng nomdor “Matonat” futbol jamoasi haqidagi hujjatli hikoya.

Bank amputant futbolchilar o‘rtasidagi birinchi O‘zbekiston chempionati – Mustaqillik kubogini o‘tkazishda ham ishtirok etdi. Ushbu hamkorlik tufayli O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va chempionatning bronza Kubogini qo‘lga kiritib qaytdi.

InfinBank ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi va bu kabi tashabbuslarni rivojlantirishda davom etadi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.