InfinBank "Samarkand Marathon" rasmiy hamkori bo‘ladi

InfinBank "Samarkand Marathon" rasmiy hamkori bo‘ladi

InfinBank "Samarkand Marathon" rasmiy hamkori bo‘ladi

InfinBank "Samarkand Marathon" missiyasiga qo‘shildi va xayriya yugurish musobaqasining rasmiy hamkoriga aylandi.

Mamlakatimizdagi asosiy yugurish tadbiri – “Samarkand Marathon 2023” kelasi dam olish kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Beshinchi Xalqaro xayriya yugurish marafoni butun dunyodan besh mingdan ortiq ishtirokchilarni birlashtiradi.

Birinchi kuni bolalar va 2K shimoliy (skandinav) yurish masofasi uchun musobaqalarga start beriladi, ikkinchi kuni esa 42,2K marafon, 21,1K yarim marafon, 10K, 5K va 2K poygalari bo'lib o'tadi. Bu yil tashkilotchilar eshitish va ko'rish qobiliyati cheklangan insonlar uchun 5K va 2K masofa bo'yicha ham yangi tur qo'shdilar. Musobaqa ishtirokchilari tarixiy obidalar yonidan o'tib, shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yugurishadi.

Samarqand marafoni har yili ishtirokchilarga nafaqat sport tadbirlari, balki konsertlarni o'z ichiga olgan qiziqarli madaniy dastur bilan ham xursandchiliklar ulashadi. Bundan tashqari, marafon doirasida food-court va foto zonalar tashkil etilishi ham ko'zda tutilgan.

"Samarkand Marathon" jamoasi va hamkorlarining 2023 yildagi xayriya missiyasi bolalar uchun sport maydonchalarini qurishga qaratilgan.

Bu yil InfinBankning 50 nafar xodimi yugurish musobaqalarida ishtirok etadi. Bank har doim bunday tadbirlar va sog‘lom turmush tarzi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi – o‘z futbol jamoasiga ega, shuningdek, shahar musobaqalari va boshqa sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib keladi.

InfinBank jamoasi hamkorlik uchun doimo ochiq!

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.