“InfinBANK” AJ “O‘zIQMK” AJ bilan qayta moliyalashtirish bo‘yicha yirik shartnoma imzoladi

“InfinBANK” AJ “O‘zIQMK” AJ bilan qayta moliyalashtirish bo‘yicha yirik shartnoma imzoladi

“InfinBANK” AJ “O‘zIQMK” AJ bilan qayta moliyalashtirish bo‘yicha yirik shartnoma imzoladi

“InfinBANK” AJ va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar aholiga ipoteka kreditlari berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.



Bank jamoasi mijozlarga bozorda eng yaxshi sharoitlarni taqdim etishga intiladi. "Shartnomaning imzolanishi esa o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishish yo‘lidagi yana bir ishonchli qadam bo‘ldi”, — dedi boshqaruv raisi o‘rinbosari Baxtiyor Jo‘rayev.



Qayta moliyalashtirish shartnomasi moliyaviy tuzilmani optimallashtirish va bankning kredit mahsulotlarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish imkonini beruvchi muhim qadam hisoblanadi.



Mijozlar uchun esa bu qulay shartlarda ipoteka kreditlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi ahamiyatli voqeadir.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.