InfinBANK’dan mikromoliya tashkilotlari uchun kreditlar

InfinBANK’dan mikromoliya tashkilotlari uchun kreditlar

InfinBANK’dan mikromoliya tashkilotlari uchun kreditlar

InfinBANK mikromoliya tashkilotlari uchun yangi kredit shartlarini ma’lum qildi.

Kichik biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan mikromoliya tashkilotlari uchun bu ajoyib imkoniyatdir.

Kreditni milliy valyuta orqali ham chet el valyutasida ham olish mumkin. Maksimal miqdor belgilanmagan, chunki kredit kompaniyaning to’lov imkoniyatini hisobga olgan holda individual ravishda hisoblanadi.

Kredit olish uchun nimalar kerak:

  • Kompaniya kamida 12 oy oldin faoliyatini boshlagan bo’lishi;

  • Kompaniyaning asosiy depozit hisob raqami InfinBANK’da bo’lishi;

  • Qarz oluvchining moliyaviy ahvoli va garovga oid boshqa talablar inobatga olinadi.

Batafsil ma’lumotlarni 1214 qisqa raqamiga qo’ng’iroq qilib yoki o’zingiz uchun qulay bo’lgan bank ofisiga tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin.

Bank bundan keyin ham tadbirkorlarni sifatli moliyaviy mahsulotlar bilan ta’minlash orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.