InfinBANK’dan avtokredit uchun yangi shartlar

InfinBANK’dan avtokredit uchun yangi shartlar

InfinBANK’dan avtokredit uchun yangi shartlar

Avtomobil ixlosmandlari ishonchlilik, barqarorlik va imtiyozlarni tanlaydilar. Ular InfinBANKdan avtokredit tanlashadi.

InfinBANK kreditlari evaziga 37 000 dan ortiq kishi avtomashina egasiga aylandi, chunki Bank o‘z mijozlari uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni taqdim etadi.

Agar siz mashinangizni o'zgartirish yoki sotib olishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, hozir ayni vaqti! 9-avgustdan boshlab foydali avtokredit olish uchun ariza topshirishingiz mumkin. Sizda, avtomobil ishlab chiqaruvchi «UzAutoMotors»dan qulay shartlarda Malibu, Equinox, Traverse avtomashinalarini xarid qilishning noyob imkoniyati mavjud.

InfinBANK yuridik mijozlar uchun eng yaxshi shartlarni taklif qilishga tayyor:

  • Avtomobil qiymatining 50% boshlang'ich to'lovini to'lashda foiz stavkasi yiliga atigi 5% ni tashkil qiladi, kredit muddati 24 oy;

  • Avtomobil qiymatining 30% boshlang'ich to'lovini to'lashda foiz stavkasi yiliga 14,99% ni tashkil qiladi, kredit muddati 36 oy;

  • Avtomobil qiymatining 15% boshlang'ich to'lovini to'lashda foiz stavkasi yiliga 17,99% ni tashkil qiladi, kredit muddati 36 oy.

Va jismoniy shaxslar uchun bank noyob kredit shartlarini taklif qildi: avtomobil qiymatining 50% miqdorida boshlang’ich to'lovni to'lashda foiz stavkasi yiliga 5,99% ni tashkil qiladi. Kredit muddati –24 oy.

Avtokredit olish uchun, arizalar quyidagi kerakli bo’lgan hujjatlar taqdim etilsa, 1 kun ichida ko'rib chiqiladi:

  • Kredit olish uchun ariza;

  • Oxirgi 6 oylik aylanma tarixiga ega ish haqi plastik kartasiga ega bo‘lishingiz kerak. Aylanma barcha amaldagi kreditlar (shu jumladan yangi olingan kredit)xarajatlarini qoplash uchun yetarli bo'lishi kerak.;

  • Qarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjatning asl nusxasi, undan kredit taqdim etish bo’yicha ma’sul xodim nusxa ko’chirib oladi;

  • Sotib olinayotgan avtomobil oldi-sotdi shartnomasi.

 Kredit taqdim etishni tasdiqlashning muhim mezoni ijobiy kredit tarixi, shuningdek, hozirgi ish joyida kamida 6 oy barqaror ish haqi bo'lishi mumkin.

InfinBANK avtokrediti bilan o'zingiz uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.