InfinBANK Rothschild & Co vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi
Dunyoning yetakchi moliya muassasalaridan biri - Rothschild & Co vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Asosiy muhokama mavzusi - bankning muhim loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va moliyalashtirish manbalarini jalb qilish istiqbollari bo'ldi.
Rothschild & Co - dunyo miqyosida hurmatga sazovor xalqaro moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya moliya sohasida keng qamrovli xizmatlarni ko’rsatib kelmoqda, jumladan investitsion banking va aktivlarni boshqarish xizmatlari.
Rothschild & Co bilan hamkorlik – InfinBANKning strategik va moliyaviy mavqeini mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam hisoblanadi. Biz strategik maqsadlarimizni amalga oshirishga imkon beradigan xorijiy investitsiyalar va moliyalashtirish manbalarini jalb qilish uchun istiqbolli imkoniyatlarni ko'rayapmiz. Rothschild & Co kompaniyasidagi sheriklarimarizning ekspertizasi va tajribasi bizga bankning mavqeini mustahkamlashga, shuningdek, mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratishimizda yordam beradi, - deb izoh beradi Boshqaruv Raisining Birinchi O’rinbosari Ravshanbek Kadirov.
Uchrashuv tomonlarning kelgusida sherikchilik munosabatlarini chuqurlashtirish va o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasidagi umumiy manfaatdorligini yana bir bor tasdiqladi.