«Золотая Корона» endi InfinBANK mobil ilovasida

«Золотая Корона» endi InfinBANK mobil ilovasida

«Золотая Корона» endi InfinBANK mobil ilovasida

«Золотая Корона» xizmati orqali pul mablag'larini olish imkoniyati – InfinBANK mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun yangi xizmat taqdim etildi. 

InfinBANK mijozlari endi «Золотая Корона» xizmatidan to'g'ridan-to'g'ri mobil ilova orqali foydalanishlari mumkin. Bu to'lovlarni tez va bankka tashrif buyurish zaruriyatisiz qabul qilish imkonini beradi. 

«Золотая Корона» - bu keng tarqalgan to'lov tizimi bo'lib, u pul o'tkazmalarini qulay va xavfsiz usullarini taklif etadi. Bu tizim yordamida yaqinlaringizga tez va muammosiz pul jo'natishingiz mumkin. Endi esa mablag'larni InfinBANK mobil ilovasida ham olishingiz mumkin. 

InfinBANK mobil ilovasi orqali mablag'larni olish uchun quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi: 

  1. Asosiy ekranda «Золотая Корона o'tkazmalari» bo'limiga o'tish

  2. «O'tkazmani olish» xizmatini tanlash

  3. Mablag'larni o'tkazish uchun kartani tanlash

  4. SMS-xabarnoma yordamida ro’yxatdan o'tish

  5. O'tkazmani qabul qilishni tasdiqlash 

Eslatma: O'zbekistonda to'lovni faqat Visa kartasiga qabul qilish mumkin bo'ladi, uni osonlik bilan InfinBANK ilovasida ochish mumkin. 

InfinBANK mobil ilovasi orqali amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalar zamonaviy usullar bilan himoyalangan, bu mijozlarning ma'lumotlari va pul mablag'lari xavfsizligini kafolatlaydi, - deya ma'lum qiladi bank. 

«Золотая Корона» va InfinBANK mobil ilovasiga integratsiyalash - bu mijozlarning zamonaviy ehtiyojlaridan kelib chiqib oldinga tashlangan navbatdagi qadam. Bu xizmat mablag'larni olish jarayonini yanada qulayroq va xavfsizroq qiladi. 

*Kartalarga pul mablag'larini o'tkazish xizmatini – РНКО «Платежный Центр» (ООО) ko'rsatadi, Rossiya Banki litsenziyasi 14.04.2014 yildan 3166-K - sonli. Novosibirsk sh., Kirov ko'chasi, 86, ОГРН 1025400002968. Cheklovlar mavjud. Cheklovlar, tariflar, dolzarb yo'nalishlar va xizmat ko'rsatish shartlari haqida batafsil ma'lumotni rnko.ru saytining "Onlayn pul o'tkazmalari" bo'limida ko'rishingiz mumkin. РНКО "Платежный Центр" (ООО) xizmat ko'rsatishni rad etish huquqiga ega.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.