InfinBANK korporativ biznesni rivojlantirganligi uchun mukofotlandi
InfinBank Uzcard Forumida «Korporativ biznesni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi» nominatsiyasi doirasida taqdirlandi. Ushbu muhim yutuq bankning innovatsiyalar, rivojlanish va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga sodiqligini tasdiqlaydi.24-oktabr kuni Uzcard bank faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb mavzular: open-banking, xatarlarni boshqarish, axborot xavfsizligi, islomiy moliya va moliyaviy texnologiyalar mavzusi muhokama qilingan yillik forumni o‘tkazdi. Forum davomida: Muzaffar Husniddinov, Rustam Sagdeev, Erlan Baydaulet va boshqa mashhur ma'ruzachilar taklif qilingan suhbat uyushtirildi.
Shu bilan birga, Uzcard oʻzining yigirma yilligini anʼanaviy tarzda nishonlashdan voz kechishga qaror qildi va 4 ta OTMning eng yaxshi 20 nafar talabalari orasida talabalik grantlarini tashkillashtirdi.
.png.webp)
InfinBank mijozlarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishning yangi usullarini izlashga intilib, bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etadi. Forumda erishilgan mukofot nafaqat bankning yutuqlari, balki moliya sektori kelajagini shakllantirishdagi rolini ham e’tirof etdi.
«Ushbu mukofot — jamoaviy ish va xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlariga erishishdagi qat’iyatimizning natijasidir. Bizning faoliyatimizga bergan yuksak baholari uchun Uzcard jamoasiga minnatdorchilik izhor etamiz. Mazkur forumda ishtirok etish va tajriba almashish biz uchun muhim ahamiyat kasb bayramingiz», – dedi Boshqaruv Raisi o‘rinbosari R.A.Karimov.