InfinBANK Amerika Savdo Palatasi Uyushmasi a'zosi bo'ldi
Amerika Savdo Palatalari Assotsiatsiyasi - Amerika Qo'shma Shtatlari hududidan tashqarida o’z biznes faoliyatini olib borayotgan korxona manfaatlarini ifodalaydi. U turli mamlakatlar va mintaqalarda vakolatxonasiga ega bo’lib, biznes, hukumat va jamiyat o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yaratishga qaratilgan platforma yaratadi.Amerika Savdo Palatasi bilan hamkorlik jarayonida InfinBANK bank hamjamiyatini yaratish va biznes sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu nafaqat xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, balki moliyaviy xizmatlar sohasida ilg‘or tajriba almashish imkonini beradi.
Amerika Savdo Palatasiga qo'shilish InfinBANK uchun Amerika va O'zbekiston biznes hamjamiyatlari o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikka qaratilgan strategik qadam bo'lib, bu o'z navbatida Amerika Qo'shma Shtatlari va O'zbekiston Respublikasi hukumatlari o'rtasidagi fundamental strategik hamkorlikni mustahkamlaydi.
