InfinBANK xayr-ehsonni qo‘llab-quvvatlaydi: xayriya poygasida ishtirok etish.
InfinBANK jamoasi Samarkand Marathon xalqaro xayriya poygasida faxrli ishtirok etishdi. Ushbu tadbir turli mamlakatlardan yuguruvchi va faollarni birlashtirib, umumiy maqsadi – ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Tadbirning ko’lami hayratlanarli: 5000 dan ortiq ishtirokchilar, ular orasida dunyoning 43 mamlakatidan 628 nafar professional yuguruvchilar bor.
Ishtirokchilarning ko’pligi sababli tadbir ikki kunga bo‘lindi: marafonning birinchi kunida plogging, kids run va 2K NW o‘tkazildi.
Qiziqarli ma’lumot: bu yilgi eng yosh ishtirokchi atigi 4 yoshda.
Ikkinchi kuni 2K, 21.1 K, 42.2 K, 5K, 10K masofalarga start berildi. O’z masofalarining eng yaxshi ishtirokchilariga homiylarning esdalik medallari va sovg‘alari topshirildi.
.png.webp)
InfinBANK jamoasidan 50 kishi ishtirok etib, bu tadbirni haqiqiy birdamlik va hamjihatlik bayramiga aylantirdi. Ishtirokchilar turli uzunlikdagi masofalarni bosib o‘tib, nafaqat sport mahoratini, balki xayrli ishlarga hissa qo‘shish istagini ham namoyish etdi. Joriy yilgi marafon O’zbekiston madaniyat obyektlarida inklyuziv muhitni yaratish vazifasini bajardi.
InfinBANK doimo mamlakatda sportni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashga intiladi. Bu baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha Osiyo chempionati, "Matonat" futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlash va Bankning boshqa homiylik tadbirlariga homiylik qilishda o‘z aksini topmoqda. Bunday tadbirlarda ishtirok etish Bankning yuksak qadriyatlariga sodiqlikni tasdiqlash usullaridan biridir.
Bunday tadbirlarda ishtirok etish - Bankning yuksak qadriyatlariga sodiqlikligini tasdiqlash usullaridan biridir.