Bank mijozlari diqqatiga!
Hurmatli mijozlar!
“Infin Barqaror” va “Infin Ishonchli” omonatlarini ochish vaqtinchalik toʻxtatilgani haqida xabar beramiz. Ushbu qaror xizmat sifatini oshirish va ushbu mahsulot shartlarini qayta ko'rib chiqish maqsadida qabul qilindi.
Agar sizda mazkur omonat turlari avval ochilgan bo'lsa, ularning shartlari va ular bo'yicha xizmat turlari o'zgarishsiz qoladi.
Tanlov va ishonchingiz uchun tashakkur!
