InfinBANK kiberfiribgarlardan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi

InfinBANK kiberfiribgarlardan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi

InfinBANK kiberfiribgarlardan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi

Moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan, kiberfiribgarlar tahdidi ham kuchaymoqda. Ko'pchilik "kiber firibgarlar" so'zini eshitganda tunda bank kartalarining kodlarini buzadigan xakerlar bilan bog’lashadi. Biroq, haqiqat shundaki, aksariyat hollarda firibgarlar o'z maqsadlariga yuqori texnologik usullar orqali emas, balki odamlarni manipulyatsiya qilish orqali erishadilar.

Bu "ijtimoiy muhandislik" deb atalib , axborot xavfsizligi kontekstida ma'lum harakatlarni amalga oshirish yoki maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish uchun odamlarni psixologik manipulyatsiya qilishni anglatadi.

8 noyabr kuni InfinBANK kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi, unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Ichki ishlar Vazirligi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv mavzusi kibergigiena va fuqarolarning kiberxavfsizlik bo'yicha xabardorligini oshirish bo'ldi.

Markaziy Bank vakili taʼkidlaganidek, firibgarlar koʻpincha oʻzlarini bank xodimlari deb tanishtirib, notanish raqamlardan qoʻngʻiroq qilishadi. Ular siz bir vaqtning o‘zida bir nechta kreditlarni rasmiylashtirmoqchi ekanligingizni aytishadi va bu operatsiyalarni bekor qilishni taklif qilishadi, va sizdan sms-xabardagi kodni berishingizni so‘rashadi. Bu "ijtimoiy muhandislik" ning odatiy namunasidir. Odamlar vahimaga tushib, butun xavfni tushunmay, rozi bo'lishadi va kodni ma’lum qilishadi. Natijada, kartadagi barcha pul bir zumda yechib olinadi.

Seminarda InfinBANK mutaxassisi kiberfiribgarlardan himoyalanishga yordam beradigan bir nechta oddiy, ammo samarali qoidalarni aytib o‘tdi:

1. Shaxsiy ma'lumotlarni taqdim qilmang . Hech qachon o’z parolingizni, CVV kodingizni, karta raqamingizni, SMS kodlaringizni yoki boshqa shaxsiy yoki maxfiy ma'lumotlarni hech kimga bermang. Bu xuddi notanish odam sizdan uyingizni kalitini so‘ragandek gap. Ehtiyot bo'lasiz-ku, axir?

2. Muloqot tiliga e'tibor bering . Firibgarlar ko'pincha o'zbek tilini bilmaydi. Bundan tashqari, banklar va to'lov tashkilotlari deyarli hech qachon o'z-o'zidan sizga qo'ng'iroq qilmaydi va agar sizni bezovta qilsalar ham nima sababdan qo’ng’roq qilganliklarini tushuntirishadi. Agar siz bilan suhbatlashayotgan odam ikkilansa, aniqlashtiruvchi savollarga javob bera olmasa yoki bir xil iboralarni takrorlasa, siz bilan bog’langan odam firibgar ekenligidan dalolat beradi.

3. Suhbatdan bosh tortishdan tortinmang. Siz har doim qo‘ng‘iroqni vaqtingiz kamligini bahona qilib to‘xtatish yoki bankning eng yaqin filialiga tashrif buyurib, ma’lumotlarni qayta tekshirish huquqiga egasiz. Bu vahima va shoshilinch qarorlarni oldini olishga yordam beradi.

Pul mablag'larining xavfsizligini ta'minlashning eng yaxshi echimlaridan biri - bu bankka omonat qo’yishdair, omonatlarni saqlashdan tashqari, sizning kapitalingizni oshiradi;

InfinBANK omonatlari bo’yicha joriy shartlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Ehtiyotkorlik va e’tibor sizga noxush vaziyatlarni oldini olishga va mablag'laringizni xavfsiz saqlashga yordam beradi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.