1 millionga IPhone!
"InfinBANK" "InfinBLACK" kredit karta egalari o‘rtasida "iPhone 15 Pro Max" sovrinini o’ynamoqda.
InfinBANK yangi yutuqli o‘yinni boshladi, unda kredit karta egalari o‘rtasida bosh sovrin - iPhone 15 Pro Max o‘ynaladi.
Ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
O‘yinda ishtirok etish uchun hech qayerga borish yoki ro‘yxatdan o‘tish shart emas, faqat InfinBLACK kredit kartasiga ega bo’lish va o‘tgan oyga nisbatan 1 million so’mga ko’proq xaridlar yoki xizmatlar uchun kredit karta orqali to‘lash kifoya. Shunda siz avtomatik ravishda o‘yin ishtirokchisiga aylanasiz.
Masalan, o’tgan oyda 2 million so‘m sarflagan bo‘lsangiz, bu oyda 3 million so‘m sarflashingiz kerak bo’ladi.
O’yin shartlari:
• 6-yanvardan 31-yanvargacha kredit karta orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlar jamlanadi.
• O’yinda ishtirok etish uchun joriy oydagi xarajatlaringiz o‘tgan oyga nisbatan 1 000 000 so‘mga ko’p bo‘lishi kerak.
• G’olib Bankning Instagram’dagi rasmiy sahifasidagi randomayzer yordamida aniqlanadi:
O’yin natijalari 2025-yil 6-fevralda e’lon qilinadi. G’alaba qozonish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslik uchun xarajatlaringiz shartlarga mos kelishiga ishonch hosil qiling!
InfinBLACK kartasi bilan odatiy xaridlarni amalga oshiring, xarajatlaringizni 1 000 000 so‘mga oshiring va g‘alabaga yaqinlashing. InfinBANK xaridlaringizni yanada foydali va yoqimli qiladi!
Aksiya shartlari bo'yicha batafsil ma'lumotlar bilan qoidalarda tanishishingiz mumkin.
pdf(251 Kb)