Infin Premium omonati yana mavjud
Infin Premium valyuta omonati moliyaviy mablag‘larni saqlash va ko‘paytirish uchun qulay shartlarni taklif etadi. Infin-Premium’ning bankning amaldagi omonatlaridan asosiy farqi 7,5% - yuqori foiz stavkasidir.
InfinBANK mablag‘larni ko‘paytirish uchun tegishli shartlar bilan omonatlarning keng tanlovini taqdim etadi: kapitalni milliy valyutada ko‘paytirish yoki xorijiy valyutaga investitsiya qilish. Shuningdek, qo‘shimcha badal to‘lash, mablag‘larni qisman yechib olish va omonatni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu mijozlarga moliyaviy qarorlar qabul qilishda erkinlik beradi.
InfinBANK xotirjamlik va kelajakka ishonchni ta’minlab, mablag‘larning yuqori darajadagi xavfsizligini kafolatlaydi. Zero, bankning barcha omonatlari fuqarolarning omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi tomonidan himoyalangan.
Infin Premium valyuta omonati - 7.5%
-
Depozit muddati - 24 oy
-
Omonatning eng kam miqdori - 1 000 USD
-
Foiz stavkasi - 7,5%
-
Qo‘shimcha to‘lov - dastlabki 6 oy uchun taqdim etiladi
-
Muddatidan oldin yopish - 12 oydan oldin yopilganda, hisoblangan foizlar yillik 5 foiz bo‘yicha qayta hisoblanadi, 13-oydan boshlab muddat oxirigacha to‘liq miqdorda to‘lanadi.
-
Qisman pul yechish - kamaytirilmaydigan 1 000,0 AQSH dollari qoldig‘i saqlanib qolgan holda, foizlar belgilangan tartibda to‘lanadi
Omonatni InfinBANK mobil ilovasida yoki bankning istalgan filialida ochish mumkin. InfinBANKning yangi omonatlari yordamida jamg‘armalaringizni ko‘paytirish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!
