InFinBank va KazakhExport hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi

InFinBank va KazakhExport hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi

InFinBank va KazakhExport hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi

InFinBank va Qozog‘istonning eksport-kredit agentligi (KazakhExport) – Qozog‘istonning nooziq eksportini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish uchun tashkil etilgan davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Mazkur kelishuv InFinBank korporativ mijozlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda ular eksport-kredit agentligining sug‘urta polislariga asoslangan savdoni moliyalashtirish xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu o'z navbatida tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi.

Bundan tashqari, ushbu kelishuv xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, yangi correspondent aloqalarni o‘rnatish hamda savdo moliyalashtirish sohasida yetakchi qozoq banklari bilan bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu hamkorlik tufayli InFinBank mijozlariga xalqaro bitimlarni yanada qulay sharoitlarda amalga oshirishga ko‘maklashgan holda biznes uchun xizmatlar doirasini kengaytirishda davom etmoqda.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.