Kredit kartasi bo‘yicha Ommaviy ofertada o‘zgarishlar

Kredit kartasi bo‘yicha Ommaviy ofertada o‘zgarishlar

Kredit kartasi bo‘yicha Ommaviy ofertada o‘zgarishlar

Hurmatli InfinBANK mijozlari!

2025-yil 1-apreldan boshlab InfinBLACK kredit kartasi bo‘yicha ommaviy ofertada o‘zgarishlar kuchga kiradi. O‘zgarishlar “Atamalar va ta’riflar” bo‘limiga tegishli bo‘lib, unga Merchant Category Code tushunchasi qo‘shiladi.
Merchant Category Code — bu to‘rt xonali kod bo‘lib, bank kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar chog‘ida savdo-xizmat nuqtasining faoliyat turini belgilaydi.

O‘zgarishlar naqd pul yechib olish, moliyaviy xizmatlar uchun to‘lov qilish, valyuta sotib olish, elektron hamyonlarni to‘ldirish va boshqa pul operatsiyalariga tegishlidir.
Shuningdek, foizsiz davr tatbiq etilmaydigan operatsiyalar ro‘yxatini aniqlashtiruvchi 2.7-band yangilandi.

Yangi ofertani havola orqali ko‘rib chiqishingiz mumkin.

InfinBANKni tanlaganingiz uchun minnatdormiz!
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.