InfinBANK va ABB raqamli sohada hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar
InfinBANK Ozarbayjonning eng yirik banki bo‘lgan ABB (Ozarbayjon Xalqaro Banki) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, bank xizmatlarini raqamlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratishdi.ABB – Ozarbayjonning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri bo‘lib, 30 yildan ortiq tarixga ega. Bank raqamli bank xizmatlari, xalqaro hisob-kitoblar va savdo moliyalashtirish sohalarida innovatsion yechimlarni faol joriy etmoqda.
Uchrashuv davomida tomonlar raqamli to‘lovlar, bank jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy moliyaviy-texnologik yechimlarni tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Xususan, mobil ilovalar va onlayn bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish hamda axborot xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida banklar vakillari o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va qo‘shma raqamli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.