InfinBANK TEAM University’da bo‘lib o‘tgan korporativ boshqaruvga bag‘ishlangan ma’ruzada ishtirok etdi

InfinBANK TEAM University’da bo‘lib o‘tgan korporativ boshqaruvga bag‘ishlangan ma’ruzada ishtirok etdi

InfinBANK TEAM University’da bo‘lib o‘tgan korporativ boshqaruvga bag‘ishlangan ma’ruzada ishtirok etdi

InfinBANK Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Qodirov TEAM University talabalari uchun ma’ruza o‘qib, bank faoliyati misolida korporativ boshqaruv sohasidagi amaliy tajriba va insaytlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’ruza doirasida u moliyaviy tashkilot barqarorligini ta’minlashda Kuzatuv kengashi, komplayens-nazorat va ichki auditning o‘rni haqida so‘zlab berdi, shuningdek, talabalar savollariga javob berdi.

«Korporativ boshqaruv — bu faqat qoidalar va nazorat emas. Bu, eng avvalo, ishonch, shaffoflik va biznesning uzoq muddatli barqarorligi», — deya ta’kidladi Ravshan Qodirov.

InfinBANK’ning bunday ma’ruzalarda ishtirok etishi bankning nafaqat o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga, balki yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishda faol qatnashishga intilayotganidan dalolat beradi.

Universitetlar va talabalar bilan hamkorlik — bu bankning kuchli va intiluvchan mutaxassislarni tayyorlashga qo‘shayotgan hissasi bo‘lib, ular kelajakda nafaqat bankning o‘zida, balki mamlakat moliya sektorida ham yetakchi lavozimlarni egallashlari mumkin.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.