TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi

TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi

TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi

Endi kassada parolni baland ovozda aytishingiz shart emas: «TO‘RTTA BIR»!

Endi to‘lov uchun telefon va tog‘larga sayohat qilish istagi kifoya. 

InfinBANK va to‘lov tizimi TezQR hamkorligida UZCARD kartalari egalari uchun yangi funksiyani ishga tushirdi: karta yoningizda bo‘lmasa ham, mobil ilova orqali bir pastda to‘lov qilish mumkin. Sizga kerak bo‘ladigan faqat smartfon va InfinBANK ilovasi. Xavfsiz, tez va komissiyasiz. 

TezQR — bu UZCARD’dan naqd pulsiz to‘lov qilishning qulay va zamonaviy usuli. TezQR yordamida siz naqd pul yoki jismoniy kartasiz ham xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Hatto kartangizni uyda unutgan bo‘lsangiz ham, to‘lov qilish imkoni mavjud — faqat telefon kerak xolos. 

TezQR qanday ishlaydi? 

  • Kassirga TezQR orqali to‘lov qilmoqchi ekanligingizni ayting va kassirdan oq terminalda yoki QR-kod aks etgan istalgan boshqa terminalda kodni chiqarishini so‘rang.

  • InfinBANK ilovasini oching va TezQR belgisi (to‘q sariq logotip)ni bosing.

  • QR-kodni skanerlab, UZCARD orqali to‘lovni amalga oshiring. 

Ushbu xizmat hech qanday foiz yoki qo‘shimcha komissiya olmaydi, faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar amalga oshiriladi. 

Xizmatning ishga tushirilishi munosabati bilan InfinBANK maxsus aksiya e’lon qiladi:

10 hafta — 10 ta “Le Chalet by Amirsoy” dam olish shalelari uchun sertifikat!

Har bir sertifikat — butun oilangiz bilan to‘rt kishilik shaleda bir kecha tog‘da dam olish imkoniyati. 

Qanday ishtirok etish mumkin:

  1. InfinBANK ilovasida TezQR orqali to‘lov qiling;

  2. Kamida 300 000 so‘m miqdorida bir martalik xaridni amalga oshiring;

  3. Tabriklaymiz! Siz avtomatik tarzda aksiyada ishtirokchisiz. 

Har haftalik g‘oliblar InfinBANK’ning rasmiy Instagram sahifasida e’lon qilinadi. 

Qanday boshlash mumkin:

  • InfinBANK ilovasini yuklab oling (App Store yoki Play Market);

  • Har qanday bankning UZCARD kartasini ilovaga bog‘lang;

  • TezQR orqali kamida 300 000 so‘mlik to‘lovni amalga oshiring. 

TezQR’ning afzalliklari:

  • Xavfsizlik: karta bermaysiz, PIN-kod aytmaysiz, kiritmaysiz;

  • Tezlik: to‘lov darhol amalga oshiriladi;

  • Komissiyasiz: tovar narxi qancha bo‘lsa, shuncha to‘laysiz;

  • Universallik: istalgan bank kartasi va har qanday smartfonda ishlaydi. 

InfinBANK foydalanuvchilarini nafaqat qulay raqamli xizmatlar, balki haqiqiy sovg‘alar bilan ham xursand qilishda davom etadi. Aksiyada ishtirok eting, to‘lovlarni oson bajaring — va Amirsoydagi dam olish oilangiz uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lsin.


Aksiya qoidalari
Aksiya qoidalari

pdf(311 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.