InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to'lash mumkin

InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to'lash mumkin

InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to'lash mumkin

Visa xalqaro to‘lov tizimi o‘z kartalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda: endi O‘zbekistonda chiqarilgan InfinBank Visa kartalarini Osiyoning mashhur WeChat Pay va Alipay raqamli hamyonlariga ulash mumkin.

Bu, ayniqsa, ushbu platformalar asosiy toʻlov usullari boʻlgan Xitoyga tez-tez sayohat qiladigan yoki onlayn xarid qiladigan foydalanuvchilar uchun dolzarbdir.

Visa qoʻllab-quvvatlovi tufayli InfinBank tomonidan chiqarilgan karta egalari osonlikcha quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin:

  • Kartani WeChat Pay va Alipay bilan bog‘lash
  • Osiyoning eng yirik raqamli ekotizimlarida xaridlarni amalga oshirish
  • Xorijda va onlayn qulay, tez va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish

InfinBank Xalqaro to‘lov tizimlari departamenti rahbari Kamila Nurnazarova shunday dedi: “InfinBank Visa karta egalari endi o‘z kartalaridan WeChat Pay va Alipay’da foydalanishlari mumkinligidan mamnunmiz. Bu mijozlarimiz uchun qulaylikni oshirish va ularning moliyaviy imkoniyatlari chegaralarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir”.

Qanday ulanish mumkin:

QR kodini skanerlang va Visa kartangizni Weixin Pay va Alipay’ga qanday qo‘shishni bilib oling.

Visa bilan yangi toʻlov imkoniyatlarini kashf eting. Visa kartasi bilan dunyo yanada yaqinroq.


×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.