InfinBank xalqaro maydonda!
Ushbu haftada InfinBank jamoasi Boshqaruv raisi Olga Leonidovna Numanova boshchiligida Barselonada bo‘lib o‘tayotgan Visa Payments Forum CEMEA 2025 tadbirida ishtirok etmoqda!Bu — raqamli to‘lovlar olamidagi yilning eng muhim voqealaridan biri bo‘lib, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq hamda Afrika davlatlarining moliya sohasidagi yetakchilari, texnologik innovatorlari va vizionerlari bir joyga jam bo‘lishadi.
Kun tartibida — fintexning kelajagi, to‘lov tizimlarida sun’iy intellektdan foydalanish, ma’lumotlar xavfsizligi va global hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.
InfinBank uchun bu forum nafaqat muhim voqea, balki mijozlarimizga yanada zamonaviy, qulay va xavfsiz moliyaviy yechimlar taklif etish imkonini beruvchi tajriba, g‘oya va strategiyalar almashish maydonidir.
Bank texnologiyalarini global darajada rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz.
Yangiliklarimizni kuzatib boring — oldinda yana ko‘plab qiziqarli voqealar kutmoqda!