Ta’til siz o‘ylagandan ham yaqinroq!
InfinBANK’ning Visa kartasi bilan to‘lov qiling — va “MORE” suv majmuasida dam olish chiptasini yutib oling!
InfinBANK yozni yanada yorqinroq qiladi!
Yil boshidan beri biz 5 dan ortiq ajoyib sovg‘ali tanlovlarni o‘tkazdik — va shu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Bu safar siz “MORE” suv majmuasida dam olish uchun sertifikat yutib olishingiz mumkin. Ha, ortiqcha shartlarsiz va murakkabliklarsiz!
Hech qanday obuna, layk yoki repost talab qilinmaydi.
Tanlovda qatnashish juda oson — shunchaki InfinBANK’ning Visa debit kartasiga ega bo‘lishingiz kifoya.
Nima qilish kerak?
2025 yil 16 iyundan 21 iyulgacha InfinBANK’ning Visa kartasi orqali kamida 20 AQSh dollari miqdorida xaridni amalga oshiring.
Har bir shunday xarid = g‘alaba uchun bitta imkoniyat. Xaridlar qancha ko‘p bo‘lsa — yutish imkoniyatingiz shuncha yuqori bo‘ladi!
Nima yutib olish mumkin?
Jami 7 nafar g‘olib aniqlanadi va ularga 14 ta sertifikat topshiriladi — har biriga 2 tadan, shunda siz o‘zingiz bilan do‘stingizni, yaqin insoningizni yoki dam olishga loyiq boshqa bir kishini olib borishingiz mumkin.
Qachon va qayerda o‘tkaziladi?
Tanlov g‘oliblari 2025 yil 25 iyul kuni InfinBANK’ning rasmiy Instagram sahifasida jonli efirda aniqlanadi. G‘oliblar shartni bajargan barcha ishtirokchilar orasidan tasodifiy tarzda tanlanadi.
Yangiliklarimizni kuzatib boring, imkoniyatni boy bermang — balki bu yozgi issiq kunni siz suv bo‘yida, to‘laqonli dam olib o‘tkazishingiz mumkin!
InfinBANK — bu yozni o‘zgacha qilamiz. Birgalikda.

pdf(226 Kb)