InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o'tkazmalarini yo'lga qo'ymoqda!
2 iyundan boshlab InfinBANKda yangi xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi – AstraSend ishga tushadi. Bu tez va qulay toʻlov tizimi boʻlib, MDH davlatlaridan pul joʻnatish va qabul qilishni har qachongidan ham osonlashtiradi.
Endilikda siz Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Moʻgʻulistondan pul oʻtkazmalarini qabul qilishingiz va Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga joʻnatishingiz mumkin boʻladi! Pullarni qabul qilish va jo‘natish endi odatdagidan tezroq, chunki Astrasend bir necha daqiqadan ko‘proq vaqt talab qilmaydigan tezkor o‘tkazmalarga ixtisoslashgan tizim hisoblanadi.
Qulay, shunday emasmi?
Eng yaxshi tomoni - hech qanday komissiyasiz AQSh dollarida naqd pul oʻtkazmasini olish imkoniyati.
Ha, ha, bu xato emas - nol foiz. Shunchaki InfinBANK filialiga keling, nazorat raqamini bering va pulni qo'lingizga oling. Tez, aniq va yashirin shartlarsiz.
Joʻnatishchi?
Quyidagicha:
— $300 gacha — komissiya faqat $3 dollar
— $300 dan $5000 gacha— summadan 1% komissiya
Endi cheklovlar (limit) haqida - bitta o'tkazmaning maksimal miqdori $5000 dollardan oshmasligi kerak (yoki boshqa valyutadagi ekvivalenti). Shuni ham hisobga olish kerakki, cheklovlar jo'natuvchi mamlakatga va tizimning hamkor banklariga ham bog'liq bo'lishi mumkin.
Jo‘natish bo‘yicha cheklovlar jo‘natuvchi mamlakat qonunchiligi talablariga yoki Astrasend to‘lov tizimi hamkori talablariga muvofiq belgilanadi.
InfinBANK doimo yordam berishga tayyor va g‘amxo‘rligingizni yetkazishga shay!
