InfinBANK Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi

InfinBANK Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi

InfinBANK Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi

"InfinBANK" AJ poytaxtning eng markazida, shaharning eng gavjum va mashhur ko‘chalaridan biri bo‘lgan Taras Shevchenko ko‘chasi, 21A manzilida yangi Bank xizmatlari markazini (BXM) ochdi. Yangi ofis mijozlar uchun imkon qadar qulay bank muhitini yaratish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Zamonaviy Bank xizmatlari markazi barcha qulaylik talablariga javob beradi: bu yerda shinam kutish zonasi, tezkor xizmat ko‘rsatish va har bir mijozga alohida yondashuv ko‘zda tutilgan. Tashrif buyuruvchilar mutaxassislarning konsultatsiyalarini olishlari, joriy takliflar bilan tanishishlari va qulay sharoitda kerakli bank mahsulotlarini rasmiylashtirishlari mumkin.

"Biz har bir mijoz chinakam g‘amxo‘rlik va e’tiborni his qilishiga intilamiz. Yangi Bank xizmatlari markazini ochish shunchaki tarmoqni kengaytirish emas, balki o‘z kelajagini bizga ishonib topshirgan insonlarga yaqinlashish usulidir", — dedi InfinBANK Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ruslan Karimov.

InfinBANK Toshkentning barcha aholisi va mehmonlarini yangi BXM bo‘limiga tashrif buyurib, xizmat ko‘rsatish darajasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish va baholashga taklif etadi.

 

Aloqa ma’lumotlari:

Telefon: 1214

Manzil: Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasi, 21A

Rasmiy sayt: www.infinbank.com

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.