InfinBLACK kredit kartasi bo‘yicha ommaviy ofertada yangilanishlar
Hurmatli mijozlar!Sizga InfinBLACK kredit kartasidan foydalanish bo‘yicha ommaviy oferta shartlari yangilangani haqida ma'lum qilmoqchimiz. Kiritilgan o‘zgartirishlar shartlarning yanada shaffof bo‘lishini va kartadan foydalanish qulayligini oshirishga qaratilgan.
Asosiy o‘zgarishlar:
Hujjatga yangi atamalar qo‘shildi:
• "Avtorizatsiya" - karta bo‘yicha operatsiyani tekshirish va tasdiqlash tartibi;
• "Karta tokenidan foydalanish qoidalari" - kartaning raqamli versiyasidan foydalanish tartibining tavsifi.
Shuningdek, endi mobil ilova orqali quyidagi operatsiyalardan bepul foydalanish mumkin:
• Chet el valyutasini xarid qilish;
• InFinBank AJda ochilgan Visa kartasiga pul o‘tkazish;
• Bir egasiga tegishli Visa InfinBLACK kartalari o‘rtasida pul o‘tkazish;
• O‘zingizning Visa InfinBLACK kartangizdan Visa Infin Nasiya kartangizga pul o‘tkazish;
• InfinBank mobil ilovasida kartani to‘ldirish.
Ommaviy ofertaning joriy tahriri bilan havola orqali tanishish mumkin
/upload/contracts/InfinBLACK_public_offer_new_rus.pdf
InFinBank’ni tanlaganingiz uchun rahmat.
