Rasmiy murojaat

Rasmiy murojaat

Rasmiy murojaat

InfinBANK AJ Boshqaruvi raisi Olga Leonidovna Numanovaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murojaati

Hurmatli hamkasblar, aziz hamkorlar va bankimiz mijozlari!

Korrupsiya jiddiy ijtimoiy xavf bo‘lib, davlat va jamiyatning samarali rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muhim omillar qatoriga kiradi. U jamiyat hayotining barcha jabhalariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, turmush darajasining pasayishiga, ijtimoiy tengsizlikning kuchayishiga, hokimiyatga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Korrupsiya barqarorlik va xavfsizlikka putur yetkazadi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida jiddiy va sezilarli yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina huquq-tartibot masalasi emas, balki jamiyatning barqaror rivojlanishi va farovonligini ta’minlashning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Shu sababli, unga qarshi samarali kurashga tayyorlik jahon hamjamiyati tomonidan davlatning sivilizatsiyalashganligi va demokratik qadriyatlarga sodiqligining asosiy ko‘rsatkichi sifatida baholanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ilg‘or xalqaro standartlar talablariga mos keladigan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini joriy etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi, korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlariga ustunlik berish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jazoning muqarrarligi hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri esa aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.

Bankimiz korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik, shaffoflik va poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik tamoyillariga so‘zsiz sodiqlik masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida InFinbank AJda korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat xizmati tashkil etilgan. Bank tizimida korrupsiyaning oldini olishning samarali tizimini shakllantirish, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bank, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi va bank faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi hamda shaffofligi uchun zarur sharoitlar yaratadi. Bank o‘z faoliyatining ochiqligini ta’minlash va xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘qitish orqali boshqaruv tizimining samaradorligini oshiradi, mansabdor shaxslar va boshqa xodimlarning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun mas’uliyatini kuchaytiradi, mansabdor shaxslarning vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy maqsadlarda, qonun va axloq normalariga zid ravishda foydalanishning oldini oladi.

Korrupsion xatti-harakatlar uchun qat’iy javobgarlik mavjudligini eslatib, sizlarni ushbu murakkab vazifada hamkorlik qilishga va korrupsion xatti-harakatlarga shubha tug‘ilgan har qanday holatda, quyida ko‘rsatilgan maxsus aloqa kanallari orqali xabar berishga da’vat etaman:


Axborot joylashgan kanal nomi

Aloqa kanallari haqidagi ma’lumot

1

 

/ru/about/corruption/

 

Bankning rasmiy veb-sayti

2

Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid shikoyatlar uchun

+998 71-202-50-65

+998 71-202-50-60

(52-09)

3

Ishonch telefonlari

+998 71-202-50-69

4

Aloqa markazi

1214

5

Telegram’da

@INFIN_BANK_BOT 

6

Korrupsiyaga qarshi kurashish sahifasiga tezkor havola:

/ru/about/corruption/


/uz/about/corruption/

 

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.