InfinBANK va UZCARD bilan omadni qo‘lga kiriting
UZCARD sizga nafaqat pul mukofoti, balki unutilmas sayohat yoki hatto elektromobil yutib olish imkonini beruvchi yorqin aksiyani boshladi. Agar siz InfinBANK tomonidan chiqarilgan UZCARD kartasi egasi bo‘lsangiz, demak, g‘alabaga bir qadam yaqinroqsiz.
Aksiya doirasida quyidagi jozibador sovrinlar o‘ynaladi: 10 million so‘m miqdoridagi pul sertifikatlari, ommabop dam olish maskanlariga ikki kishilik sayohatlar hamda bosh sovrin — BYD Yuan UP elektromobili.
Ishtirok etish uchun InfinBANK mobil ilovasi orqali UZCARD kartangizdan 50 000 so‘mdan ortiq istalgan onlayn to‘lovni amalga oshiring — shu orqali siz avtomatik tarzda aksiyada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritasiz. Agar siz ushbu miqdorni boshqa kartaga o‘tkazsangiz, ikkita imkoniyatga ega bo‘lasiz. @UZCARD_promo_bot Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tib, Infin promokodini kiritsangiz, qo‘shimcha uchta imkoniyatga ega bo‘lasiz.
Amallar soni qancha ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi.
Aksiya bir nechta bosqichlarda o‘tkaziladi. Avgust oyida Pxuket oroliga sayohat o‘ynaladi, sentabrda esa Vyetnamdagi Fukuok oroliga, oktabrda esa g‘oliblarni Maldiv orollarida dam olish kutmoqda. Barcha yutuqlar UZCARD'ning rasmiy Instagram sahifasida jonli efir orqali e’lon qilinadi — bu esa to‘liq shaffoflikni ta’minlaydi. Har bir ishtirokchiga aksiya shartlari bajarilganda yagona ID-kod biriktiriladi.
Aksiyaning final bosqichi oktabr oyining oxirida bo‘lib o‘tadi. Aynan shu vaqtda asosiy sovrin — BYD Yuan UP elektromobili o‘ynaladi. Unda faqat kamida 15 ta imkoniyat to‘plagan ishtirokchilar qatnashadi.
Bundan tashqari, har oyda aksiyada ishtirok etayotganlar orasida ikkita 10 million so‘mlik pul mukofoti o‘ynaladi.
Aksiya shartlari va savollarga javoblarni promo.uzcard.uz saytida topishingiz mumkin. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — omadni InfinBANK va UZCARD bilan qo‘lga kiriting!
