Bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Kompleks shartnoma kuchga kirishi haqida
Hurmatli mijozlar!
InfinBANK Sizni 2025 yil 2 sentabrdan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun Bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Kompleks shartnoma (Ommaviy oferta) kuchga kirishi haqida xabardor qiladi.
Yangi hujjatda quyidagilar birlashtirildi:
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisob raqamlari bo‘yicha bank xizmatlarini ko‘rsatish Ommaviy ofertasi;
• Masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish Ommaviy ofertasi.
Endilikda bank xizmatlari ko‘rsatish shartlari qulaylik va hamkorlikning shaffofligini ta’minlash maqsadida yagona shartnomada jamlangan.
Ommaviy oferta matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
