InfinBANK mahallalarda bolalar moliyaviy savodxonligi va o‘qish madaniyatini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqda

InfinBANK mahallalarda bolalar moliyaviy savodxonligi va o‘qish madaniyatini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqda

InfinBANK mahallalarda bolalar moliyaviy savodxonligi va o‘qish madaniyatini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqda



InfinBANK noyob ijtimoiy tashabbusni — “Kelajak kutubxonalari” loyihasini ishga tushirdi. Loyiha mamlakat bo‘ylab mahallalardagi bolalar kutubxonalarini rivojlantirishga qaratilgan. Uning maqsadi — bolalarning moliyaviy savodxonligi va ijodkorligini rivojlantirish uchun qulay, zamonaviy va hammabop maskanlar yaratish hamda yangi avlodlarning shakllanishiga hissa qo‘shishdan iborat.

Raqamlashtirish shiddat bilan kechayotgan va gadjetlardan keng foydalanilayotgan bugungi davrda kitob o‘qish an’anasini saqlab qolish, uni chuqur idrok va diqqatni jamlash manbai sifatida asrab-avaylash nihoyatda muhim. “Kelajak kutubxonalari” aynan shunday joylarga aylanadi — bolalar ekranlardan biroz chetlanib, adabiyot olamiga sho‘ng‘iydi va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi.

“Biz uchun, ijtimoiy mas’uliyatli bank sifatida, faqatgina kelajak haqida gapirish emas, balki uni bugun yaratish muhimdir. Farzandlarimizning intellektual salohiyatini oshirishga va ularning iste’dodlarini yuzaga chiqarishga hissa qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz. Ayniqsa, bosma kitob o‘qishni qo‘llab-quvvatlash zarur, chunki u tasavvur va e’tiborni har qanday raqamli qurilmadan ko‘ra kuchliroq rivojlantiradi”, — deydi InfinBANK’ning marketing va reklama bo‘yicha direktori Elvira Gimadieva.

Loyiha poytaxtning bir necha mahallalarida allaqachon yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda mamlakarimizda 4 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda. Har bir kutubxona zamonaviy texnika, turli tillardagi boy kitoblar tanlovi, o‘quv va o‘yin zonalari hamda bolalarga kerakli adabiyotni topishda yordam beradigan va foydali tadbirlarni tashkil etadigan samimiy xodimlar bilan ta’minlangan.

InfinBANK’ning ushbu loyihasi nafaqat kitob o‘qishga mehr uyg‘otadi va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi, balki bolalarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirib, ularni moliyaviy mustaqillik va kelajakdagi muvaffaqiyat sari yetaklaydi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.